Murodjon Ahmadaliyev: P4P yulduzi katta “vizov”larga tayyor emas ekan

Birinchi yarimengil vaznda sobiq jahon chempioni, WBA kamari uchun rasmiy daʼvogar Murodjon Ahmadaliyevning navbatdagi jangi tafsilotlari maʼlum bo‘lgandi.

Ahmadaliyev (12-1, 9 KO) 14 dekabr kuni Monte-Karlo shahrida Matchroom promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan prof boks oqshomining markaziy jangida meksikalik 27 yoshli Rikardo Espinosa Franko (30-4, 25 KO)ga qarshi ringga chiqadi. O‘n ikki raundlik jang yarimengil vaznda vaktinchalik WBA kamari uchun bo‘lib o‘tadi.

"Ishga qaytganimdan xursandman. Aftidan, bu P4P yulduzi, yaʼni Inoue hali katta chaqiruvlarga tayyor emas ekan. Mendan qochishda davom etaversin. Men baribir o‘zimga tegishli narsani qo‘lga kiritaman. Murodjonni kuting, dekabr ancha qaynoq bo‘ladi", — dedi 29 yoshli charm qo‘lqop ustamiz.

Eslatib o‘tamiz, Murodjon Ahmadaliyev yaponiyalik mutlaq jahon chempioni Naoya Inouening WBA chempionlik kamariga rasmiy va majburiy daʼvogar hisoblanadi. Naoya dekabr oyining so‘nggida avstraliyalik Sem Gudmanga qarshi ringga ko‘tariladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120803 | Инструменты