Huawei 1
Nodirbek Abdusattorov Sinkfild kubogida 3−o‘rinni egalladi

AQSHning Sent-Luis shahri mezbonlik qilgan shaxmat bo‘yicha Sinquefield Cup turniri o‘z yakuniga yetdi. Grand Chess Tour musobaqasining 5-bosqichi hisoblangan ushbu turnirning mukofot jamg‘armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil etdi. Musobaqada dunyoning 10 nafar kuchli grossmeysteri bosh sovrin uchun bahs olib bordi. Ular orasida jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov (2762) ham bor edi.

Turnirning so‘nggi 9-turida Abdusattorov oq donalarda musobaqaning ikkinchi raqamli shaxmatchisi, FIDE bayrog‘i ostida qatnashgan rossiyalik Yan Nepomnyashiyga qarshi bahs olib bordi va chiroyli g‘alabaga erishdi. Nodirbek 2 g‘alaba, 6 durang va 1 mag‘lubiyat bilan turnir jadvalida qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra 3-o‘rinni egalladi.

Shu tariqa, Nodirbek Abdusattorov 40 ming AQSH dollar miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritdi. U Grand Chess Tour bosqichlaridagi umumiy ishtiroki va qo‘shimcha bonuslarni qo‘shib hisoblaganda 74,500 AQSH dollariga ega bo‘ldi.

Sinquefield Cup g‘olibi Alireza Firuzja (Fransiya, 2751) bosh sovrin bilan birga 100 ming AQSH dollariga ham ega chiqdi. Fransiyalik grossmeyster Grand Chess Tour bosqichlaridagi umumiy ishtirokidan 323,750 dollar ishlab oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91415 | Инструменты