Huawei 1
Mask har yili shaxsiy xavfsizligi uchun millionlab dollar sarflaydi

Ilon Maskning shaxsiy xavfsizligi har yili millionlab dollarga tushadi. Bu haqda The New York Times Tesla kompaniyasining ichki hujjatlariga tayanib xabar berdi.

Bundan kelib chiqadiki, Mask muntazam ravishda o‘lim tahdidlari va taʼqiblarga duch keladi. Bu uni shundoq ham kuchli bo‘lgan qo‘riqchilarini yanada kuchaytirib, AQSH Maxfiy xizmatining kichikroq analogiga aylantirishiga olib keldi.

Tez-tez tahdidlar tufayli Mask ko‘proq izolyatsiya qilingan turmush tarzini olib bora boshladi, dedi unga yaqin bo‘lgan nomaʼlum manbalar The New York Times nashriga. Tadbirkor kamdan-kam hollarda tansoqchilarisiz harakat qiladi. Hatto X kompaniyasining hojatxonasiga borganida ham atrofida qo‘riqchilar bo‘ladi.

Agar ilgari Ilon Maskga faqat ikkita qo‘riqchi hamrohlik qilgan bo‘lsa, endi u 20 nafar xavfsizlik mutaxassisi bilan sayohat qilmoqda. Ular qurollangan, Mask kirishi kerak bo‘lgan binolarni tekshiradi va yuradigan yo‘llarini o‘rganadi. Nashrga intervyu bergan xavfsizlik bo‘yicha ekspertlarga ko‘ra, milliarder tadbirkor sifatida emas, balki davlat rahbari kabi himoyalangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91814 | Инструменты