Huawei 1
Asbob uskunalar importida debitor qarzdorlik boʻyicha oʻzgartirish qonunchilikka kiritildi

“Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga o‘zgartirish kiritildi

Asbob-uskunalarni va (yoki) butlovchi qismlarni importini amalga oshirishda 180 kunlik muddat oʻtgan boʻlib, ularni yetkazib berish boʻyicha shartnomada belgilangan muddatlar oʻtmagan boʻlsa, qarzdorlik muddati oʻtgan deb hisoblanmaydi.

Endilikda asbob-uskunalarni va (yoki) butlovchi qismlarni importini amalga oshirishda shartnomada belgilangan muddatlar oʻtkazib yuborilmagan taqdirda, xoʻjalik yurituvchi subyektlar bank va eksport operatsiyalarini xech qanday cheklovlarsiz amalga oshiradilar.

Avval bunday qarzdorliklar uchun moliyaviy jarimalar qoʻllanilmagan, lekin qarzdorlik muddati oʻtgan deb hisoblangan va xoʻjalik yurituvchi subyektlarda qayd etilgan operatsiyalarini amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga kelgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91814 | Инструменты