Huawei 1
O‘zbekiston delegatsiyasi Xarbin-2025 qishki Osiyo o‘yinlarida o‘z tarixidagi eng katta tarkib bilan qatnashadi

7-14-fevral kunlari Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixidagi eng katta tarkib bilan ishtirok etadi.

Delegatsiyamiz bo‘lajak O‘yinlarda 6 sport turida 24 nafar atlet bilan qatnashishi ko‘zda tutilgan. Qayd etish joiz, bu ham sport turi, ham atletlar soni bo‘yicha delegatsiyamiz eng katta tarkibda qatnashadigan qishki Osiyo o‘yinlari bo‘ladi. Bo‘lajak musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar bilan tanishing:

Short-trek: Daniil Yeybog va Denis Ayrapetyans;

Konkida yugurish: Danila Semerikov;

Tog‘ chang‘isi: Medet Nazarov, Arman Gayupov, Nikita Gorkovskiy, Sabina Rejepova, Valeriya Kovalyova, Kseniya Grigoreva, Mariya Morozova;

Chang‘i alpinizmi: Mohinur Aralova, Feruza Boboqulova, E’zoza Shaymardanova, Asila Shoyimova, Jasur Shamsiddinov, Maqsudxon Akobirov, Shohruh Sardorov, E’zozbek Xushvaqtov.

Figurali uchish: Yekaterina Geynish, Dmitriy Chigirev, Niginabonu Jamoliddinova, Sevinch Rahimova;

Biatlon: Rolan Raimqulov, Dilmurod Abdurahmonov.

Ochilish marosimi 7-fevral kuniga belgilangan. Atletlarimizning ishtiroki aynan shu sanadan boshlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20314 | Инструменты