Italiyada davom etayotgan “Kings League” turniri doirasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan “Anvonted Boys” jamoasi ikkinchi raundda AQSHga 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
O‘zbekiston media futbol terma jamoasi o‘yinni boy berilganiga qaramay, chempionlik uchun imkoniyatni saqlab qoldi. Aniqrog‘i, ikkinchi bosqichda mag‘lub bo‘lgan jamoalar o‘zaro pley offda ishtirok etadi. Mazkur bosqichda “Anvonted Boys” Paragvay va Janubiy Koreya g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot o‘rnida, Jerar Pike tashkilotchiligidagi turnir 12 yanvarga qadar davom etadi. Finalga Turin shahridagi “Yuventus” klubining “Alyans” stadioni mezbonlik qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10617 | Инструменты