Ispaniyada o‘tgan Xalqaro motosport federatsiyasi(FIM)ning Bosh assambleyasida O‘zbekiston milliy avtosport va karting federatsiyasi FIM aʼzosi bo‘lgani eʼlon qilindi. Assambleyada ishtirok etgan 95 ta milliy federatsiya delegatlarining 98 foizi O‘zbekiston milliy avtosport va karting federatsiyasining FIM aʼzoligiga qabul qilish to‘g‘risidagi taklifni qo‘llab quvvatladi.
FIM bosh kotib Aleks Toy motosport turlari bo‘yicha mamlakatimizda o‘tkazib kelinayotgan musobaqalar eʼtiborli ekanligini taʼkidlab, kelajakda xalqaro miqyosdagi musobaqalarni O‘zbekistonda tashkil etish imkoni kengayganini eʼtirof etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121223 | Инструменты