Huawei 1
O‘zbekistonda Mountain Bike bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi

Osiyo velosport konfederatsiyasi direktorlar kengashi 2026-2027 yillarda velosiped sporti bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladigan davlatlar nomini e’lon qildi.

2026 yilgi Mountain Bike ya’ni tog‘ velosporti bo‘yicha qit’a chempionatini o‘tkazish O‘zbekistonga ishonib topshirildi. E’tiborli tomoni, sportning mazkur turi bo‘yicha ushbu musobaqa ilk bor 2026 yilning may oyida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida bo‘lib o‘tadi. Musobaqalar «Green Hills Resort» («SAIPRO GROUP» MCHJ, Oqtosh qishlog‘i. Chimboylik) hududida jahon standartlarga muvofiq maxsus qurilgan olimpik trassada  o‘tkaziladi.

Shubhasiz, bu kabi nufuzli xalqaro tadbirning yurtimizda o‘tkazilishi O‘zbekistonning jahon sport arenalarida obro‘si ortib borayotganidan dalolat beradi. Ta’kidlash joiz, bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar, sportni rivojlantirish uchun qaratilayotgan alohida e’tibor, qolaversa mamlakatimizda velosportni rivojlantirish uchun kerakli infratuzilmani yaratishda faollik ko‘rsatayotgan Federatsiya va sohaga aloqador bo‘lgan barchaning qat’iy mehnati samarasidir.

Ma’lumot uchun: 8,4 km masofani tashkil etuvchi, jahon standartlari va talablariga muvofiq bo‘lgan mauntaynbayk uchun maxsus trassani loyihalash va qurish ishlari «SAIPRO GROUP MCHJ tomonidan turkiyalik mutaxassislar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82821 | Инструменты