Huawei 1
O‘zbekistonlik hakamlar chorak finalning markaziy o‘yiniga tayinlandi

Parij shahrida o‘tkazilayotgan XXXIII yozgi Olimpiadaning futbol bahslarida chorak final bahslari boshlanmoqda. O‘zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tanteshev boshchiligidagi hakamlar guruhi chorak final doirasidagi mezbon Fransiya va Argentina jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda ishlaydigan bo‘ldi.

Tantashevga qanotlarda doimgidek hamyurtlari Andrey Sapenko va Temur Gaynullin yordam beradi. Tantashev guruhi bungacha Olimpiada doirasidagi Fransiya - Gvineya va Paragvay - Mali uchrashuvlarida ham ish olib borgan.

Ma’lumot uchun, Fransiya - Argentina uchrashuvi 3 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi. Bahsga Bordo shahridagi mahalliy stadion mezbonlik qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103011 | Инструменты