Huawei 1
Octagon 68. Mahmud Murodov 2-raundda shveysariyalik raqibini nokautga uchratdi

Germaniyaning Shtutgart shahrida Octagon 68 turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu jang kechasida 35 yoshli o‘zbekistonlik o‘rta vazn toifasidagi sobiq UFC jangchisi Mahmud Murodov (28-8-0-1) ham ishtirok etdi.

Murodovning raqibi 41 yoshli shveytsariyalik Yasubi Enomoto (22-16) bo‘ldi. 

Jang ikkinchi raundning 40-soniyasida yakunlandi. Murodov kuchli zarbalar bilan raqibini qattiq charchatib qo‘ydi. So‘ngra u Enomotoga dahshatli qo‘l zarbasini yo‘lladi. Natijada, Enomoto og‘ir nokautga uchradi.

Bu Mahmud Murodov uchun ketma-ket to‘rtinchi g‘alaba bo‘ldi. U 2019—2024 yillar oralig‘ida UFC jangchisi sifatida dunyoning eng nufuzli ligasida olti marotaba ringga chiqib, to‘rtta g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat qayd etgan. Enomoto esa ketma-ket uchinchi bor mag‘lubiyatga uchradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31001 | Инструменты