“Bunday holatda yagona yechim — Habibning Charlz bilan jang qilishi”, — deya qo'shimcha qiladi Uayt
UFC prezidenti Dena Uayt bugun, 22-oktabr kuni bo'lib o'tadigan UFC-280 musobaqasining eng asosiy jangi bo'lmish Chalrz Oliveyra – Islam Maxachev jangi haqida fikr bildirdi.
“Oliveyra Islam Maxachev ustidan g'alaba qozongan taqdirda, u yengil vazn toifasidagi eng zo'r jangchilar reytingida Habib Nurmagomedovdan o'zib ketadi. Ha, bu mutlaqo to'g'ri! Men bunga 100% aminman.
Habib Oliveyraning o'tib ketishini istamasligi tabiiy holat, bunda masalani hal qilishning yagona yo'li — ularning jang qilishi bo'ladi. Habib faoliyatini yakunlagan, agar u qaytsa, bu masala yopilib, hech kimda savollar qolmaydi. Umid qilamizki, biz buni uddalay olamiz”, — deydi Uayt.
Maxachev va Oliveyra o'rtasida yengil vazn toifasidagi chempionlik uchun jang bugun, Toshkent vaqti bilan taxminan soat 23:00 dan keyin start oladi.
Avvalroq, Maxachevning vazni raqibiniki bilan teng kelagani, Zubayraning jangi bekor qilingani va vazn o'lchash marosimi yakunlangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102808 | Инструменты