UFC-280: Maxachevning vazni raqibiniki bilan teng, Muradov o‘z o‘rnida, Zubayraning jangi bekor qilindi
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida ertaga, 22-oktabr kuni UFC-280 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. UFC 280 yangiliklarini UZREPORTda kuzatishingiz mumkin.
Mazkur musobaqaning asosiy jangi yengil vazn toifasida vakant bo‘lib turgan chempionlik kamari uchun kechadi. Charlz Oliveyra (33 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat) va Islom Maxachev (22 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat) ushbu titul uchun jang qiladi.
O‘zbekistonlik yakkakurashchi Mahmud Murodov (25 g‘alaba, 7 mag‘lubiyat) mazkur musobaqada Braziliya vakili Borralyoga (12 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat) qarshi oktagonga ko‘tariladi. Sportchilar jangdan oldin tarozidan o‘tdi. Murodov va uning raqibi vazn me’yorini bajardi. Asosiy jang vakillari ham me’yorga yaqin natija qayd etgan.
Asosiy kard bilan tanishing:
Charlz Oliveyra (70,08 kg) — Islom Maxachev (70,08 kg)
Aljemeyn Sterling (61,23 kg) — TiJey Dillashou (61,23 kg)
Pyotr Yan (61,68 kg) — Shon O‘Melli (61,46 kg)
Beneil Dariush (70,76 kg) — Mateush Gamrot (70,76 kg)
Ketlin Chukagyan (57,83 kg) — Manon Firo (56,92 kg).
Prelim kard bilan tanishing:
Bilol Muhammad (77,11 kg) — Shon Bredi (77,56 kg)
Mahmud Murodov (83,91 kg) — Kayo Borralyo (84,36 kg)
Volkan O‘zdemir (93,44 kg) — Nikita Krilov (93,44 kg)
Abubakar Nurmagomedov (77,33 kg) — Gaji Umargajiyev (77,56 kg)
Armen Petrosyan (84,36 kg) — EyJey Dobson (83,91 kg)
Muhammad Mokayev (57,15 kg) — Malkolm Gordon (57,15 kg)
Kerol Rosa (61,23 kg) — Lina Lansberg (61,23 kg).
Shuningdek, Prelim kardda jang qilishi rejalashtirilgan Zubayra Tuxugov vazn qila olmagan va uning Lukas Almeydaga qarshi jang bekor qilingan.
Ma’lumot uchun, musobaqa 22-oktabr kuni O‘zbekiston vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.
UFC 280 yangiliklarini UZREPORTda kuzatishingiz mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102807 | Инструменты