UzReport Axborot Agentligi Milliy Olimpiya Qo'mitasini yubiley 30 yoshi bilan tabriklaydi
2022-yil O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi tashkil topganiga 30 yil to'ldi. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng, 1992-yilda ushbu tashkilot o'z faoliyatini boshlagan va shundan beri MOQning yuqori sifatli infratuzilmasi, murabbiylarning professional mahorati, sportchilarning ulkan salohiyati tufayli O'zbekiston xalqaro sport maydonlarida salmoqli natijalarga erishib kelmoqda.
MOQ tashkil etilganidan buyon mamlakatimizda sport va sog'lom turmush tarzi ko'p tomonlama rivojlandi. Tashkilot tashqi aloqalarni mustahkamladi, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va Xalqaro sport tashkilotlari, shuningdek, yetakchi sport davlatlarining Olimpiya qo‘mitalari bilan har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbek sportchilarining Olimpiadadagi ilk ishtiroki Lillexamerdagi XVII qishki Olimpiada o‘yinlarida (1994-yil) va Atlantadagi XVI yozgi Olimpiada o‘yinlarida (1996-yil) bo‘lib o‘tgan. Shundan beri, O‘zbekiston sporti vakillari barcha Olimpiada o‘yinlarida faol qatnashmoqda.
Ushbu vaqt ichida O’zbekiston delegatsiyasi 7 ta qishki va 7 ta yozgi Olimpiadalarda 13 ta oltin, 7 ta kumush va 21 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi.
UzReport Axborot Agentligi Milliy Olimpiya Qo'mitasining kelgusi ishlarida omad tilagan holda uning 30 yoshi bilan tabriklaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51319 | Инструменты