Huawei 1
Para taekvondochilarimiz Osiyo chempionatida oltita medalga sazovor bo‘lishdi

Vyetnamning Xoshimin shahrida para taekvondo bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan terma jamoamiz vakillari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida Erondan so‘ng ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Milliy Paralimpiya qo‘mitasining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Osiyo chempionatining eng yaxshi jamoasi, bosh murabbiyimiz Bobur Qo‘ziyev esa musobaqaning eng yaxshi treneri nomiga loyiq ko‘rildi. G‘olib va sovrindorlar:

Oltin:

-63 kg: Qudrat Haydarov

+65 kg: Guljanoy Naimova

Kumush:

-47 kg: Ziyoda Isoqova

Bronza:

-63 kg: Qudrat Suyunov

-70 kg: Asil Husanov

+80 kg: Asad Anvarov

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51200 | Инструменты