Huawei 1
Paralimpiya. Para suzuvchi Muslima Odilova — bronza medali sohibasi

Muslima Odilova ikkinchi bor Paralimpiya o‘yinlari shohsupasiga ko‘tariladi.

Ayollar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga batterflay usulida suzish bo‘yicha saralash bahslari o‘z nihoyasiga yetdi.

Ushbu masofada kurash olib borgan para suzuvchi Muslima Odilova hal qiluvchi bahsda marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va delegatsiya hisobiga bronza medalni qo‘shib qo‘ydi.

E’tiborli jihati, bu Muslima Odilova uchun faoliyatidagi ikkinchi Paralimpiya o‘yinlari medali hisoblanadi. Para suzuvchi bundan avval Rio—2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham shohsupaga ko‘tarilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91416 | Инструменты