Parij—2024 sovrindori bo‘ladigan o‘zbekistonlik sportchilarga qancha mukofot puli berilishi ma’lum bo‘ldi

Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlari sovrindorlariga qancha mukofot puli berilishi ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchiga 200 ming dollar, kumush medali egasiga 100 ming, bronza sohibiga esa 50 ming dollar va’da qilindi. 

Shuningdek, murabbiylar ham mos ravishda 50 ming, 25 ming va 12,5 ming dollardan mukofot pullari olishi aytildi. 

Parij—2024 Olimpiadasi 26-iyuldan 11-avgustga qadar davom etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70413 | Инструменты