Toshkentda qilichbozlikning rapira yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi o‘z yakuniga yetdi. Musobaqaning so‘nggi kunida jamoaviy dasturda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Quvonarlisi, ushbu turnirda yigitlarimiz oltin, qizlarimiz esa bronza medali sohibiga aylanishdi.
Yigitlarimiz yarim finalda BAA, finalda Slovakiya jamoalarini mag‘lubiyatga uchratishga erishishdi. Qizlarimiz esa final ostonasida Ruminiyaga imkoniyatni boy berib, bronza medali uchun bahsda Qozog‘iston jamoasini dog‘da qoldirdilar.
Yigitlar:
- O‘zbekiston
- Slovakiya
- Qozog‘iston
Qizlar:
- Ruminiya
- Moldova
- O‘zbekiston.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51200 | Инструменты