Huawei 1
Rasman. Bahodir Jalolov navbatdagi jangi sanasi va manzilini tasdiqladi

Superog‘ir vazn toifasidagi bokschimiz Bahodir Jalolov keyingi jangi bo‘yicha maʼlumotlarni ochiqladi.

Hamyurtimiz avval xabar berilganidek, 5 aprel kuni Qozog‘istonning Astana shahrida Top Rank promouterlik kompaniyasi tashkil etadigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Unga kim raqiblik qilishi haqida aniq maʼlumotlar hozircha yo‘q. Jalolovning qozog‘istonlik Ivan Dichko bilan jang qilishini taxmin qilmoqda.

Eslatib o‘tish joiz, Jalolov 7 fevral kuni Kanadaning Monreal shahrida o‘tkazilgan prof boks oqshomi doirasida fransiyalik Devid Spilmont bilan jang qilishi kerak edi. Ammo tashkilotchilar Bahodirning yuzidagi husnbuzar tufayli jangni bekor qilishgandi.

Maʼlumot uchun, 5 aprel kuni "Baris Arena"da o‘tkaziladigan turnirning markaziy jangida o‘rta vazn toifasida IBF va WBO yo‘nalishlari chempioni qozog‘istonlik Janibek Alimxanuli (16-0, 11 KO) kelib chiqishi kongolik, hozirda Fransiya sharafini himoya qilayotgan Anauel Ngamissenge (14-0, 9KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi. Shuningdek, Astanadagi turnirda qozog‘istonlik aka-uka Mahmud va Torexan Sabirxonlar professional boksdagi debyut janglarini o‘tkazishadi.

Hamyurtlarimizdan esa Bahodir Jalolovdan tashqari yarimengil vazn toifasida WBA kamari uchun sobiq daʼvogar Otabek Xolmatov ishtirok etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31522 | Инструменты