Shu yilning 16–17-sentyabr kunlari Samarqand shahrida "Challenge Samarkand-2023" sport festivali bo‘lib o‘tdi.
Mazkur festival "Challenge Family" xalqaro brendi ostidagi triatlon musobaqalaridan iborat bo‘ldi.
Bellashuvlar Samarqand turizm markazidagi "Silk Road Samarkand" xalqaro sayyohlik majmuasi hududida start oldi. "Challenge Samarkand" turnirining suzish bahslari eshkak eshish kanalida 1,9 km masofada tashkil etildi. 86 km masofani o‘z ichiga olgan velosport bo‘yicha poygalar "Silk Road Samarkand" majmuasidan boshlanib, ikki davradan iborat bo‘ldi.
Sportchilar Amir Temur haykali, Registon ansambli, Bibixonim madrasasi, Afrosiyob bozoridan o‘tib, so‘ngra zamonaviy Samarqand ko‘chalari bo‘ylab harakatlanishdi. Yugurish bosqichi esa "Silk Road Samarkand"| majmuasi hududida o‘tkazildi va unda sportchilar 21,5 km masofani bosib o‘tishdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92802 | Инструменты