Insayder Maykl Bensonning maʼlum qilishicha, yarimo‘rta vazn toifasida IBF kamari sohibi, amerikalik Jeyron Ennis (32-0, 29 KO) kamarini vakant qoldirishi mumkin.
Ennisning promouteri Eddi Xirn WBO chempioni Brayan Norman bilan kelishuvga erisha olmaganidan so‘ng, Sergey Bogachuk bilan aloqaga kirishganini, shuningdek, Jeyronning super yarimo‘rta vazn toifasida sobiq WBA chempioni, hamyurtimiz Isroil Madrimov bilan jangi imkoniyatlari ko‘rib chiqilayotganini maʼlum qildi.
Maʼlumot o‘rnida, Bogachuk ham, Madrimov ham super yarimo‘rta vazn toifasida jang qilishadi. Ennisning IBF kamariga majburiy daʼvogar ayni damda ukrainalik bokschi Karen Chuxajyan hisoblanadi.
Avvalroq, amerikalik yana bir charm qo‘lqop ustasi — Terens Krouford ham yarim o‘rta vazn toifasidagi WBA kamarini vakant qoldirgani haqida xabar bergan edik. Mazkur yo‘nalishdagi chempionlik uchun majburiy daʼvogar hamyurtimiz Shahram G‘iyosov sanaladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91404 | Инструменты