Bugun, 26-dekabrdan boshlab Samarqandda shaxmatning blis va rapid yo‘nalishi bo‘yicha FIDE jahon chempionati start oladi. Kecha ko‘hna shahar mezbonligidagi turnirning ochilishi marosimi “Silk Road Samarkand” turizm markazida o‘tkazildi.
Samarqanddagi xalqaro musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Shundan 700 ming dollar erkaklar o‘rtasidagi bahslar natijalariga binoan, 300 ming dollar ayollar o‘rtasidagi o‘yinlar yakuniga ko‘ra, o‘rinlarga qarab taqsimlanadi.
Jahonning 200ga yaqin eng kuchli shaxmatchilari ishtirok etadigan turnirda erkaklar o‘rtasidagi bahslarda Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov yetakchiligidagi o‘zbekistonlik 20 nafar, ayollar o‘rtasidagi o‘yinlarda esa Umida Omonova yetakchiligidagi 13 nafar sportchilar o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazadi.
Yigitlar:
Alpha version: 0.9.1.19 build 42912 | Инструменты