“Strandja”: 8 nafar o'zbekistonlik bokschi oltin medal uchun jang qiladi

Bolgariyada boks bo‘yicha “Strandja” xalqaro turnirida final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bokschilar nomi aniqlandi. Musobaqaning yarim final bahslarida O‘zbekiston terma jamoasining 14 nafar bokschisi 12 ta vaznda ringga ko‘tarildi.

Jumladan, yarim finalda Sabina Boboqulova, Xo‘janazar Nortojiyev , Shahzod Muzaffarov, Abdumalik Halokov, Adhamjon Muhiddinov, Iqboljon Xoldorov, Fazliddin Erkinboyev va Jahongir Zokirov kabi charim qo‘lqop ustalarimiz o‘z vazn toifalarida g‘alaba qozongan holda finalga yo‘l oldi.

Shuningdek, Humorabonu Mamajonova, Asilbek Jalilov, Hasanboy Do‘smatov, Dilshod Abdumurodov, Fazliddin Erkinboyev va Samandar Jalolov o‘z vaznida turnirning bronza medaliga ega chiqdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72706 | Инструменты