Huawei 1
Tokio-2020: Tursunoy Rahimova Olimpiyadada tarixiy natijani qayd etdi

Tokio-2020 Olimpiadasining ikkinchi kun dasturida boks bahslariga ham start berildi. 

Kunning birinchi jangi hamyurtimiz Tursunoy Rahimova ishtirokida kechdi.

-51 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan vakilimiz polshalik Sandra Drabikka qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan bahsda chiroyli jang o‘tkazgan Rahimova raqibasi ustidan irodali g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa Rahimova Olimpiya o‘yinlarida g‘alabaga erishgan ilk bokschi qizimiz sifatida tarixga kirmoqda. Uning keyingi bosqichdagi raqibasi turkiyalik Buse Naz Chakiroo‘g‘lu bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10823 | Инструменты