Huawei 1
Toshkentda o'tkazilgan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

Kuni kecha respublika bo‘ylab davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 32 yilligi munosabati bilan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu sport tadbiri 16 ta shaharda bir vaqtda tashkil etildi. Toshkentda o‘tgan ommaviy yugurish musobaqalarida g‘oliblar aniqlandi.

Unga ko'ra, 3 km masofaga ayollar o‘rtasida

— Anastasiya Silchenkova,O‘g‘iloy Muzaffarova, Marjona Oqqo‘ziyeva shohsupaga ko‘tarilgan bo‘lsa, erkaklar orasida Hasan Mirsoatov Ahrorjon Mahmujadiyev va Shahram Abdurahmonov kuchli uchlikdan joy oldi.

10 km masofada

— Marina Xmelevskaya, Marjona Ahmadaliyeva hamda Alina Hakimova g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi. Erkaklar orasida Nodirbek Mutalipov, Baxtiyor Ortiqov va Eldiyor Qodirov marraga birinchilardan bo‘lib yetib keldi.

Ommaviy yugurish g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты