UZREPORT, UFC 280: Oliveyra Maxachevga, Yan O‘Melliga va Murodov Borralyoga qarshi! Bugun UFC miqyosida yilning eng yirik musobaqasi bo‘lib o‘tadi
Bugun, 22-oktabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi shahrida UFC-280 musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa nomlar va nufuz jihatidan UFC miqyosidagi yilning eng yirigi bo‘lib, qariyb 4-5 oydan beri muxlislarni kuttirib kelmoqda.
UFC 280 xabarlarini UZREPORT'ning Telegram kanalida (@uzreport_uz) kuzatib borishingiz mumkin.
Kechaning asosiy jangi yengil vazn toifasida vakant titul uchun Charlz Oliveyra va Islom Maxachev o‘rtasida kechadi. Shuningdek, asosiy karddan o‘ta yengil vazn toifasi chempion Aljameyn Sterling va TiJey Dillashou jangi ham o‘rin olgan. O‘ta yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Pyotr Yan esa amerikalik Shon O’Melliga qarshi oktagonga chiqadi.
O‘zbekistonlik yakkakurashchi Mahmud Murodov mazkur musobaqada Braziliya vakili Kayo Borralyoga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Janglar vaqtlari
UZREPORT'ning xabar berishicha, UFC 280 Prelim-kard janglari 19:00 dan boshlanadi. Mahmud Murodov ishtirokidagi jang 21:00-22:00 oralig‘ida boshlanishi kutilmoqda. Asosiy kard esa 23:00 dan so‘ng start oladi.

UFC 280’ning janglar ro‘yxati bilan tanishing:
Asosiy kard:
Charlz Oliveyra (33-8) — Islom Maxachev (22-1);
Aljameyn Sterling (21-3) — TiJey Dillashou (17-4);
Pyotr Yan (16-3) — Shon O‘Melli (15-1);
Beneil Dariush (21-4-1) — Mateush Gamrot (21-1);
Ketlin Chukagyan (18-4) — Manon Fiorot (9-1).
Prelim-kard:
Bilol Muhammad (21-3) — Shon Bredi (15-0);
Mahmud Murodov (25-7) — Kayo Borralyo (12-1);
Volkan O‘zdemir (18-6) — Nikita Krilov (28-9);
Abubakar Nurmagomedov (16-3-1) — Gaji Umargajiyev (13-1);
Armen Petrosyan (7-2) — EyJey Dobson (6-1);
Muhammad Mokayev (8-0) — Malkolm Gordon (14-5);
Kerol Rosa (15-4) — Liba Lansberg (10-6).
Aytib o'tish lozim, UFC 280 xabarlarini UZREPORT'ning Telegram kanalida (@uzreport_uz) kuzatib borishingiz mumkin. A'zo bo'ling, barcha janglar haqida xabarlar videosi bilan yoritib boriladi.
Avvalroq, UFC prezidenti Dena Uaytning Charlz Oliveyra – Islam Maxachev jangi bo‘yicha taxminlarini aytgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102807 | Инструменты