Huawei 2
UZREPORT TV UFC 251 musobaqasi translyatsiya huquqini xarid qildi

UFC sport olamida eng shov-shuvli qarorlar chiqarishda davom etyapti. Tarixda birinchi bor UFC turniri maxsus ajratilgan orolda o'tkaziladi. UFC 251 turniri barchaning e’tibor markazida. Unda 3 ta chempionlik jangi o'tkaziladi!

Tomoshabinlarning katta qiziqishi va murojaatini inobatga olgan holda, UZREPORT TV UFC 251 musobaqasini O'zbekistonda translyatsiya qilish huquqini xarid qildi. Mazkur musobaqa translyatsiyasi UFC TV va Metrotelecom bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ma'lumot uchun, Metrotelecom UFC TV ni O‘zbekistonda translyatsiya qilish huquqining eksklyuziv distribyutori hisoblanadi.

Turnir 12-iyul kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahridagi Yas orolida maxsus jihozlangan arenada o'tkaziladi. Yakshanba tongida UZREPORT TV UFC 251 turniridan jonli translyatsiyani amalga oshiradi.

Markaziy jangda yarim o'rta vazn mutloq chempioni Kamaru Usman hamda ushbu vazn toifasining eng yorqin yulduzi Xorxe Masvidal o'zaro to'qnash kelishadi.

Shuningdek, dasturdan yana 2 ta chempionlik jangi o'rin olgan. Maks Hollouey hamda Aleks Volkanovski revansh bahsida yarim yengil toifa kamari egasini aniqlashadi. Eng yengil toifaning vakant qolgan kamari uchun esa UFC afsonasi Joze Aldo rossiyalik yosh iste'dodli davogar Pyotr Yan bilan kurashadi. Karddan yana ko’plab qiziqarli janglar o’rin olgan.

UFC 251 sport olamida yil voqealaridan biri bo'lishi shubhasiz. Super janglarni biz bilan birgalikda tomosha qilishga taklif etamiz!

Izohlar: 14
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga