2022-yilda voleybol bo‘yicha Osiyo chempionati O'zbekistonda o'tadi
2022-yil 6-13-iyun kunlari o‘tkaziladigan 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati mezbonligi O‘zbekistonga berildi.
Bu haqda voleybol bo‘yicha Markaziy Osiyo zonasi prezidenti Muhammad Latifning O'zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sherzod Toshmatov bilan uchrashuvi davomida ma'lum qilingan.
Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekeiston milliy terma jamoasining navbatdagi Olimpiya va Osiyo o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha strategik reja ishlab chiqish va bunga Markaziy Osiyo voleybol assotsiatsiyasining malakali mutaxassislarini jalb yetishga kelishib olingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50919 | Инструменты