Qatarda ogʻir atletika oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati oʻz yakuniga yetmoqda. Soʻnggi kunlarda ogʻir vazn toifasidagi sportchilar oʻrtasidagi bellashuvlar tashkil etilmoqda. Ortda qolgan kun hamyurtlarimiz 1 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza medalga sazovor boʻlishdi.
Gʻolib va sovrindorlar bilan tanishing:
Oltin medal:
- 96 kg: Ruslan Rahmatjonov (oʻsmirlar, dast koʻtarish)
Kumush medal:
- 96 kg: Ruslan Rahmatjonov (oʻsmirlar, siltab koʻtarish)
- 96 kg: Ruslan Rahmatjonov (oʻsmirlar, ikki kurash)
- 109 kg: Qudratbek Salimjonov (yoshlar, dast koʻtarish)
Bronza medal:
- 109 kg: Qudratbek Salimjonov (yoshlar, ikki kurash).
Alpha version: 0.9.1.19 build 122603 | Инструменты