2023-yilda Apple Samsungni ortda qoldirdi

2023-yilda Apple jahon bozorida sotilgan smartfonlar soni bo‘yicha birinchi marta Samsung‘dan o‘zib ketdi.

International Data Group hisobotiga ko‘ra, Apple 234,6 millionga yaqin iPhone sotgan va 20,1 foizlik rekord bozor ulushiga erishdi.

Samsung oxirgi marta sotuvda yetakchi bo‘lmagani Nokia’ning bozorda birinchi o‘rinda bo‘lgan vaqtiga to‘g‘ri keladi. Apple esa o‘sha paytda hattoki kuchli 5 talikka kirmaganini hisobga olsak, bu kompaniya uchun muhim yutuq bo‘ldi.

Apple’ning muvaffaqiyati ayni Samsung‘ning yangi Galaxy S24 seriyasi taqdimoti fonida yuz berdi. 2023-yilda smartfonlar yetkazib berish bozori global miqyosda 3,2 foizga qisqarganiga qaramay, hozirda bozorning 20 foizdan ortig‘ini egallagan premium qurilmalarga talab ortishi tufayli Apple sezilarli o‘sishga erishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72706 | Инструменты