Huawei 1
Androidning 14 versiyasiga sun’iy intellekt o‘rnatiladi

Shu kuzda sotuvga chiqariladigan “Android” operatsion tizimining 14 versiyasida sun’iy intellektga asoslangan yangi funksiyalarini qo‘shilishi kutilmoqda.

Shuningdek, "Jonli" rasmlarni yaratishning yangi funksiyalari ham paydo bo‘ladi. Bu xususiyat sizning suratlaringizni jonlantirish uchun qurilmadagi neyron tarmoqlardan foydalanadi.

Bundan tashqari, Android 14 operatsion tizimida o‘rnatilgan sun’iy intellekt bosh menyudan o‘rin egallaydi.

Yangi tizimning yana bir qiziqarli xususiyatlaridan biri - Sehrli kompozitsiya. Ushbu funksiya matnli xabarlarni avtomatik yozish uchun "Google"ning generativ sun’iy intellekt texnologiyasidan foydalangan holda "qisqa" yoki "mukammal" uslubda  xabar yozishi mumkin.

Android 14 versiyasi kameralari "Ultra HDR" formatini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa yanada ko‘proq ranglar bilan suratga olish imkonini beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53104 | Инструменты