@auto usernamedan ham qimmat sotilgan foydalanuvchi nomi nima va u qancha dollarga baholandi?
Avvalroq, telegramda istalgan foydalanuvchi nomini (username) sotish imkoniyati yaratilgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, birinchi telegram foydalanuvchi nomi Fragment auksionida 1,4 million AQSH dollariga sotilgan edi.
Keyingi foydalanuvchi nomi esa birinchisidanda qimmat sotildi.
Unga ko'ra, Fragment saytidagi @news foydalanuvchi nomi ostida 994 000 TONga sotilgan — joriy kurs bo'yicha bu taxminan 1,7 million dollarni tashkil etadi. Bu endi Fragment tarixidagi eng qimmat Telegram foydalanuvchi nomi bo'lib qolmoqda.
@news dan keyin eng qimmat foydalanuvchi nomlari orasida @auto, @bank, @avia, @chat va @king bor.
@news xaridori endi foydalanuvchi nomlarining nihoyatda katta kolleksiyasiga ega: @alfa, @meta, @doge, @pasta, @aup, @bank, @o'yin, @best, @huobi, @sovg'a, @king va boshqalar.

Alpha version: 0.9.1.19 build 60121 | Инструменты