Huawei 1
iPhone 14’ning birinchi egalari dahshatli muammo haqida shikoyat qilmoqdalar

Yangi iPhone 14 egalari mashhur ilovalarda paydo bo’layotgan kamera bilan bog’liq muammolardan shikoyat qila boshladilar.

Ular suratga olishga harakat qilganda, kamerada tom ma'noda silkinishlar yuzaga kelib, mexanik shovqin chiqishni boshlamoqda. Ba'zi foydalanuvchilar bu muammoni quyidagicha ta’rifladi:

Men Snapchat’ni ochganimda yoki Instagram uchun kameradan foydalanganimda kamera silkinishni boshlamoqda. Biroq, oddiy kamera ilovasidan foydalanganda hech qanday muammoga duch kelmayapman.

Kecha yangi iPhone 14 Pro’ni oldim va vaqti-vaqti bilan Snapchat’da stabilizatsiya tizimi bilan kamera silkinishiga guvoh bo’lmoqdaman.

Katta ehtimol bilan bu dasturiy ta'minot muammosi bo'lib, keyingi yangilanish bilan hal qilinadi. Hozirda buning hech qanday yechimi yo'q, faqat Apple’ni kutish qolmoqda.

Avvalroq Tailandda odamlar iPhone 14 Pro uchun buyraklarini sotayotganliklari haqida xabarb bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102307 | Инструменты