Huawei 1
Tailand Qizil Xoch donorlik markazining boshqaruvchi direktori odamlarga iPhone 14 Pro uchun buyraklarini sotmaslikni qat'iy tavsiya qildi

Tailand Qizil Xoch donorlik markazining boshqaruvchi direktori Sofon Mekton iPhone 14 Pro evaziga buyragini sotgan odamlarning suratini qoraladi, deya xabar berdi Nextshark portali.

"Organlar savdosi taqiqlangan. Bu noqonuniy. Organlarni sotish uchun taklif qilish, ayniqsa iPhone sotib olish maqsadida sotish noo‘rin. Bu ahloqiy jihatdan ham noto‘g‘ri", - dedi Mekton.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan surat Laosdagi Vetnam go‘zallik klinikasida olingan. Suratda qo‘lida iPhone tutgan, tanasi bog‘langan uchta kishi tasvirlangan.

Suratda qorinlari ochiq va bog‘langan uch kishi tasvirlangan, bu ularning har biri iPhone 14 sotib olish uchun bir buyragidan sotganini bildiradi.

Mazkur surat Laosda hazil mem o‘laroq qabul qilingan, ammo ayrim tailandliklar uni jiddiy qabul qilgani aytilmoqda. Sofon Mekton esa insonlarni o‘limdan so‘ng Qizil Xoch donorlik markaziga donor sifatida yozilishni tavsiya qilgan.

Avvalroq iPhone 14’ning birinchi egalari dahshatli muammo haqida shikoyat qilayotganlari haqida xabar bergan edik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102307 | Инструменты