Huawei 1
Ilon Mask sun'iy intellektni insoniyat uchun asosiy tahdid deb atadi

Sun’iy intellekt insoniyat uchun asosiy xavf hisoblanadi, lekin shu bilan birga u juda katta imkoniyatlarga ham ega. Bu haqda amerikalik tadbirkor, Twitter rahbari Ilon Mask Dubayda bo’lib o’tgan Jahon hukumati sammitida videoaloqa orqali ishtirok etib, nutqida ma’lum qildi.

"Sun’iy intelektning ijobiy va salbiy tomonlari bor. Uni qo’llash istiqbollari juda katta, lekin u katta xavf ham tug’diradi. Masalan, atom energiyasini olaylik. Bizda yadroviy energiya ishlab chiqarish va yadroviy bombalar mavjud. Shuning uchun, menimcha, biz ma’lum darajada bu haqda tashvishlanishimiz kerak”, - deya tushuntirdi Mask.

Shu bilan birga, tadbirkorning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt uchun muayyan tartibga solish usullarini topish kerak.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Bill Geyts sun'iy intellektning kelajagi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashgan edi.

Sizga qiziq bo'lishi mumkin:

- Ilon Mask itni Twitter bosh direktori lavozimiga “tayinladi”

- Ilon Mask bir yilda qariyb 200 milliard dollar yo‘qotib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

- Ilon Mask 1,5 milliard Twitter akkauntlarini o'chirilishini e'lon qildi

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122621 | Инструменты