"Yo'qotishlar ham yaxshilikka xizmat qilmoqda"': Ilon Mask bir yilda qariyb 200 milliard dollar yo‘qotib, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
2022-yil Ilon Mask uchun qiyin yil bo'ldi. Milliarder Twitterni 44 milliard dollarga sotib oldi, biroq shu tufayli maqtovlardan ko‘ra ko‘proq tanqidga uchradi. Muammolar uning kompaniyasi Tesla aksiyalariga keldi - ular vaqti-vaqti bilan tushib ketdi.
Forbes ma'lumotlariga ko'ra, bularning barchasi tufayli 2021-yilning noyabr oyidan beri milliarder taxminan 182 milliard dollar yo'qotgan. Boshqa manbalarda esa 200 milliard dollarga yaqin mablag' haqida gapiriladi.
Ushbu yo'qotishlar tufayli Ilon Mask Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Ma'lumot o'rnida, 2000-yilda 58,6 milliard dollar yo‘qotgan yapon investori Masayoshi Sonu eng katta boylik yo‘qotgani uchun bu kitobga kiritilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122712 | Инструменты