Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov sohada amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumotlar berdi.
Ta'kidlanishicha, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” Strategiyasi asosida respublika bo‘ylab IT-parkning 7 ta filiallari ishga tushirilgan bo‘lsa, 3 ta vaqtinchalik filiallari tashkil qilingan.
Shuningdek, 2023-2024-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Namangan Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Navoiy viloyatlarida ham mahalliy budjet hisobidan tashkil etilishi belgilangan. Hozirgi kunga kelib IT-Park rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni 1036 taga yetkazildi.
Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 2,6 barobar oshirilib, 3 200 Gbit/s.ga yetkazilgan. Magistral telekommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyatlararo darajada 600 Gbit/s.ga, tumanlararo darajada esa 60 Gbit/s.ga yetkazilgan.
So‘nggi ikki yilda qo‘shimcha 1,7 mln keng polosali portlar o‘rnatilishi natijasida jami 4,4 mln ta uy xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlari va ijtimoiy soha obyektlarining keng polosali Internetga ulanish imkoniyati yaratildi.
Aholining Internet xizmatidan foydalanuvchilari soni 31 mlndan ortdi. Shundan mobil Internet foydalanuvchilari soni 29,5 mlnni tashkil etadi. Shuningdek, so‘nggi ikki yilda 22 300 ta qo‘shimcha tayanch stansiyalari o‘rnatilib ularning umumiy soni 54 mingtaga yetkazildi. Respublika bo‘yicha mobil aloqa qamrovi darajasi 99 foizga, keng polosali mobil Internet qamrovi 98 foizga yetkazildi.
Davlat rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, 15 ta masofaviy xizmatlarni ko‘rsatish markazlari tashkil etilib, ularda 500 nafardan yoshlar ish bilan ta’minlandi. Yoshlarning startap-loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida vazirlik hamda IT-Park tomonidan 35 ta oliy ta’lim muassasasida inkubatsiya markazlari tashkil etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72011 | Инструменты