Huawei 1
O‘zbekistonda Tencent Games kompaniyasining serverlarini joylashtirish muhokama qilindi

Kuni kecha Turkiyada O‘zbekiston Kibersport Assotsiatsiyasi va Tencent Esports hamda Digital Esports Asia kompaniyasi o‘rtasida kibersport va o‘yin sanoatini rivojlantirish mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonda kibersportni rivojlantirish borasida bir necha mavzular muhokama qilindi.

Jumladan, kutilayotgan “ROAD TO ASIAN GAMES” musobaqalarida ishtirok etish masalalari, “Central Asia Federation” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha fikrlar almashildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda “Tencent games” kompaniyasining serverlarini joylashtirish va “ping” bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, kompyuter o‘yinlaridagi hisob-raqamlarni to‘ldirish uchun qulayliklar yaratish maqsadida alohida platforma yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘z navbatida, O‘zbekiston hududida yangi qo‘shma o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda kibersport va unga taalluqli yo‘nalishlarda o‘qitishni amalga oshirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Avvalroq, AQShning “AMC Bridge” kompaniyasi Oʻzbekiston IT bozoriga chiqayotgani bo'yicha ma'lumot bergandik.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41104 | Инструменты