O‘zbekistondagi BYD avtomobillari Muxlisa AI ovozli yordamchisiga ega bo‘ladi

“Muxlisa AI” ovozli yordamchisi O‘zbekiston uchun ishlab chiqarilgan “BYD” avtomobillarida paydo bo‘ladi.

Yagona integrator Shavkat Mirziyoyevning XXRga tashrifi arafasida Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumida ishtirok etdi. 

25-yanvar kuni kompaniya “BYD” va sun’iy intellekt yechimlarini ishlab chiqaruvchi “iFLYTEK” bilan uch tomonlama memorandum imzoladi.

Memorandumning asosiy nuqtasi “Muxlisa AI"ni ovozli boshqaruv tizimlarida joriy etish bo‘ladi.

2024-yil oxirigacha yordamchini “BYD” ishlatadigan turli qurilmalar va tizimlar bilan ishlashga moslashtirish va optimallashtirish rejalashtirilgan.

Yangi funksiya ishga tushirilgach, Xitoy markasidagi avtomobil foydalanuvchilari o‘zbek tilida ovozli boshqaruvga ega bo‘ladi.

“Muxlisa AI” boshqaruv uchun foydalanuvchi interfeysini ta’minlab, tilni aniqlash va qayta ishlash imkoniyatlariga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72706 | Инструменты