Realme kompaniyasi 10 Pro smartfonining yangi versiyasini – mashhur gazlangan ichimlikning korporativ uslubida ishlab chiqilgan Coca-Cola Edition’ni namoyish etdi.
Texnik jihatdan Realme 10 Pro Coca-Cola Edition asosiy modelni takrorlaydi. Smartfon 6,7 dyuymli 2400x1080 pikselli yangilanish tezligi 120 Gts bo’lgan IPS-displeyiga ega.
Shuningdek, qurilma Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 695 chipi bilan ishlaydi, u 8 Gb tezkor xotira va 128 Gb ichki xotira bilan jihozlangan. Smartfonda 16 MP old, 108 MP asosiy va 2 MP qo'shimcha kamera mavjud.
Coca-Cola Edition maxsus dizaynga ega bo’lib, uning g’ilofi qora va qizil ranglarda gazlangan ichimlik logotipi bilan ishlangan, interfeysda ham Coca-Cola uslubidagi piktogramma va fon rasmlari paydo bo‘lgan. Shu bilan birga, maxsus animatsiyalar va tizim tovushlari ham kiritilgan.
Bundan tashqari, smartfon Coca-Cola shishasining qopqog'i uslubida ishlab chiqarilgan SIM-kartani yechib olish qisqichi, shuningdek, qurilmaning seriya raqami ko‘rsatilgan karta bilan birga taqdim etiladi.
Ma’lum qilinishicha, Realme 10 Pro Coca-Cola Edition sotuvi 14-fevraldan boshlanadi. Hozircha qurilmaning chiqarilishi faqat Hindiston bozorida tasdiqlangan.
Uning narxi 20 999 hind rupisi (taxminan 260 dollar) miqdorida bo'ladi. Smartfon keyinroq Osiyoning boshqa mamlakatlarida chiqariladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122605 | Инструменты