WhatsApp iOS foydalanuvchilari uchun yangi funksiyani qo‘shmoqda

iPhone uchun WhatsApp’ning yangi versiyasi endi media fayllarni asl hajmida yuborish imkonini beradi. Bu haqda messenjerdagi o‘zgarishlar va yangiliklarni kuzatib boruvchi WABetaInfo portali xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, yangilik WhatsApp’ning iOS uchun 23.24.73 raqami ostidagi versiyasida sezilgan. Yangi funksiya tufayli foydalanuvchilar foto va videofayllarni sifatini yo‘qotmasdan jo‘natishlari mumkin bo‘ladi. Qo'shimchalar Telegramda amalga oshirilganidek, hujjat sifatida yuborilishi kerak. Qayd etilishicha, yuborilgan fayllar hajmi 2 GB bilan cheklangan.

Shu bilan birga, 23.24.73 yangilanishi iPhone’dagi WhatsApp’ga guruh yozishmalarida ovozli chatlarda qatnashish va o‘z 3D avataringiz yordamida foydalanuvchi statuslariga javob berish imkoniyatini qo‘shadi. Foydalanuvchilar uchun olti turdagi reaksiyalar mavjud. Davom etayotgan, tugallangan va o'tkazib yuborilgan qo'ng'iroqlar haqidagi bildirishnomalar ham qayta ishlab chiqilgan.

Yangilanish yaqin kunlarda iOS’dagi barcha WhatsApp foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘ladi. Biroq, Android uchun bu funksiya hali sinov bosqichida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты