2022-yilning eng yaxshi qoʻshiqlari nomi eʼlon qilindi
Beyonse va Teylor Svift Rolling Stone jurnali tomonidan 2022-yilning eng yaxshi beshta qo‘shig‘i qatoriga kiritilgan. 100 ta pozitsiyadan iborat toʻliq roʻyxat nashr saytida eʼlon qilingan.
Yilning eng yaxshi beshta qoʻshigʻiga reper Bad Bunnyning Titi Me Preguntó, pop-diva Beyonsening Cuff It, musiqachi Stiv Leysining Bad Habit, Teylor Sviftning Karma va Rozaliyaning Despecha qoʻshiqlari kirdi.
2022-yilning eng zoʻr qoʻshiqlari roʻyxatiga Garri Stilsning “As It Was”, Dreykning Jimmi Kuks va Kendrik Lamarning “21 Savage, N95” qoʻshiqlari ham kiritilgan. Ulardan tashqari, eng yaxshi kompozitsiyalarni ijro etganlar orasida Yeah Yeah Yeahs, Florence + the Machine, qo'shiqchi Lizzo, The Weeknd va boshqalar bor edi.
TOP-100 talik qo'shiqlar ro'yxati bilan batafsil ushbu saytda tanishing.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21120 | Инструменты