Huawei 1
2025-yilda o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishga arziydigan yetti osmon hodisasi

Kirib kelgan 2025 yilda professional astronomlar oddiy havaskorlarga yulduzli osmonda bir qator taʼsirli osmon hodisalarini kuzatishni vaʼda qilmoqdalar:

- Kvadrantidlar meteor oqimi. Bu har yili sayyoramizni “yog‘diruvchi” eng kuchli oqimlardan biridir. U 3 yoki 4 yanvarda o‘zining eng yuqori nuqtasiga yetadi, shundan so‘ng pasaya boshlaydi. Eng yuqori faollik paytida bir soat davomida 120 tagacha meteorni ko‘rish mumkin.

- Quyosh tutilishi. Bu hodisa 29 mart kuni, Quyosh, Oy va Yer bir chiziqqa tizilganda sodir bo‘ladi. To‘liq tutilish faqat Kanadaning janubi-sharqida istiqomat qiluvchilar uchun kuzatiladi — qolgan hududlarda u eng ko‘pi bilan qisman bo‘ladi yoki umuman sezilmaydi.

- To‘liq Oy tutilishi. 7 sentyabr kuni sodir bo‘ladi, O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida to‘liq bo‘lib, uzoq vaqt davom etadi.

- Superoylar. 2025 yilda ularning uchtasi kuzatiladi: Ovchi Oyi (7 oktyabr), Qunduz Oyi (5 noyabr) va Sovuq Oy (4 dekabr).

- Shimol yog‘dulari. Quyoshning 11 yillik faollik davri o‘zining eng yuqori nuqtasiga yetgani sababli, kelgusi 12 oy davomida yog‘dularni 2024 yilga nisbatan ancha tez-tez kuzatish imkoni bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10516 | Инструменты