AndroidInsider portali tahriyati «sifati narxiga yarasha» mezoni bo‘yicha eng ishonchli smartfonlar ro‘yxati (top-5)ni tuzdi.
Samsung Galaxy S24 FE — ro‘yxat yetakchisi, flagmanlarga nisbatan arzon, ammo sifati ulardan qolishmaydi. Kuchli akkumulyator, suvdan himoya, yorqin AMOLED-displey va One UI yetti yilgacha yangilanishi kafolatlangan. Yagona kamchiligi sifatida Exynos protsessori ko‘rsatildi, shunga qaramasdan, benchmarklardagi testlarda yomon natija ko‘rsatmadi.
OnePlus Nord 4 (2-o‘rin) kuchli Snapdragon 7 Plus Gen 3 protsessorida ishlaydi, tezkor 100 Vt quvvatlagich, metall korpus hamda «do‘stona» OxygenOS 4 android qobig‘i kabi afzalliklarga ega. Kamerasi o‘rtamiyona ekanligi uning kamchiligi sifatida ko‘rsatilgan.
iQOO Neo 10 5G kuchli uchlikni yopib berdi. Akkumulyatori sig‘imi 6100 mAs, tezkor quvvatlash texnologiyasi (120 Vt), Snapdragon 8 Plus Gen 3 protsessori o‘rnatilgan. Yangilanish sur’ati 144 gersli ekrani va OriginOS 5 qobig‘i ham mutaxassislar maqtoviga sazovor bo‘ldi. Bu smartfonda foto-video sifatidan ko‘ra, «kuchli motor»ga ko‘proq urg‘u berilgan, ya’ni o‘yinlar uchun mos qurilma.
Reytingda to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlar iPhone 15 Plus va Oppo A60 smartfonlariga berildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32607 | Инструменты