60 yil oldingi 12-aprel, BAAning ayol kosmonavti. Bugun qanday kun?
Bundan roppa-rosa 60 yil oldin Sovet kosmonavti Yuriy Gagarin insoniyat tarixida birinchi marta kosmosga parvoz qilgandi.
12 aprel butun dunyoda Kosmonavtlar kuni sifatida nishonlanadi.
Aynan bu kun kosmosga olib boruvchi birinchi parvoz sharafiga belgilangan.
1961 yil 12 aprelda - bundan roppa-rosa 60 yil oldin - "Vostok" raketasi "Vostok-1" kosmik kemasini orbitaga olib chiqadi. Bortda Sovet kosmonavti Yuriy Gagarin bo'lgan edi.
Shu kuni kosmik kema Saratov viloyatidagi qishloq yaqiniga kelib tushadi. Kosmosga parvozi uchun esa Gagaringa "Sovet Ittifoqi Qahramoni" unvoni berildi.
Demak, ayni vaqtda yodga tushishi kerak bo'lgan ibora bu: Ketdik!

Bugungi kunda esa dunyo mamlakatlari nafaqat ekak kosmonavtlar balki, ayollarni ham parvoz uchun jo'natmoqda.
Xususan, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Bosh vaziri Muhammad bin Rashid Al Maktum Nura Al-Matrushiy mamlakatdagi birinchi arab ayol kosmonavt bo'lishini e'lon qildi.

Bu haqda u o'zining twitterida ma'lum qilgan.
"Biz ikkita yangi astronavtlar orasida birinchi arab ayol astronavtni e'lon qilamiz Nura Al-Matrushiy va Mahamed Al Mullani tabriklaymiz", - degan vazir o'z mikroblogida.
Uning ta'kidlashicha, bu vakillar 4000 dan ortiq nomzodlar orasidan tanlangan va yaqin orada NASA ularni kosmik tadqiqotlar dasturi bo'yicha tayyorlashni boshlaydi.
Avvalroq, SpaceX sentabr oyida kosmosga ushbu sohaga umuman bog'liq bo'lmagan 4 fafar kasb egasini uchirishini ma'lum qilgan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40907 | Инструменты