Afg’oniston poytaxtida bir kun ichida ikkita portlash yuz berdi
Afg’onistonning Kobul shahrida yuz bergan portlash oqibatida kamida uch kishi halok bo’ldi, 14 kishi tan jarohatlari oldi. Voqea seshanba kuni, poytaxtdagi politsiya mahkamasi binosi oldida yuz berdi.
Politsiya xabariga ko’ra, yo’l chetidagi avtomobil kutilmaganda portlab ketgan. Atrofdagi binolarga ham sezilarli zarar yetdi.
Shu kunining o’zida sharqiy provinsiyalardan birida joylashgan Maxsus politsiya xizmati binosi oldida ham portlash ovozi eshitildi. Buning oqibatida besh nafar politsiya hodimi va 34 kishi jarohat oldi.
Voqealar uchun javobgarlikni hech kim bo’yniga olmadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111305 | Инструменты