Huawei 1
AFP: Malida radikal guruhlarning hujumi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

Malining markazidagi bir necha qishloqqa qurolli jangarilar hujum qilishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda AFP xavfsizlik agentliklaridagi manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Ekstremistlar Bandiagara viloyatidagi Burari, Madina, Bangel Tupe Singel, G‘azo, Massasege va Sonfunu aholi punktlariga hujum qildi. Qaroqchilar turar-joy binolari va don omborlarini ham yoqib yuborishgan.

Qishloq aholisi orasida yaradorlar ko‘p, deya qayd etadi AFP. Mahalliy hokimiyat vakillariga ko‘ra, jangarilarning hujumlari “xaos yaratishga qaratilgan”.

Mali hukumati bilan ekstremistik va separatistik guruhlar o'rtasidagi qurolli to'qnashuv 2012-yilda boshlangan. O‘shandan buyon mamlakat, birinchi navbatda, xavfsizlik va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sohasida inqiroz holatida edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122218 | Инструменты