Afrika qit'asi umumiy boyligining 50% dan ortig'i 3 ta davlatga to'g'ri kelishi ma'lum bo'ldi
Afrika qit’asi boyliklarining yarmi uchta davlat — Janubiy Afrika, Misr va Nigeriya aholisining qo‘lida ekanligi ma'lum qilindi.
Qayd etilishicha, Janubiy Afrika, Misr va Nigeriyaning badavlat insonlari mos ravishda 651 milliard, 307 milliard hamda 228 milliard dollarga egalik qiladi. Umumiy summa 1,18 trillion dollarga teng bo‘lib, bu butun Afrika boyliklarining 56 foizi demakdir.
Marokash va Keniya qit’adagi eng badavlat davlatlar beshligini yopgan. Mazkur davlatladagi aholining boyligi mos ravishda 125 milliard va 91 milliard dollarni tashkil etadi.
Oxirigi o‘n yillikda Janubiy Afrika, Misr va Nigeriyada xususiy kapitalning salbiy o‘sish sur’atlari kuzatilgan: 12 foiz, 23 foiz va 27 foiz. Bu esa o‘z navbatida Afrika boyliklarining 2011-yildan buyon 7 foizga kamayishiga olib kelgan. Bu eng badavlat davlatlar qit’adagi vaziyatga qanchalik ta’sir ko‘rsatishiga isbot bo‘la oladi. Janubiy Afrikada boshqa istalgan Afrika mamlakatidan ikki barobar ko‘p dollarli millionerlar istiqomat qiladi.
"New World Wealth" keyingi o‘n yillikda Afrika boyliklari 38 foizga oshishini prognoz qilmoqda. Va bu Sharqiy Afrika mamlakatlari hisobida sodir bo‘ladi.
"2031-yilga borib, Uganda va Ruandada 60 foizdan ortiq, Keniya va Zambiyada esa 50 foizdan ortiq o‘sish kuzatiladi", — deyiladi hisobotda.
Ta’kidlanishicha, bu kabi o‘sishlarga texnologik sektorning rivojlanishi hisobiga erishiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42911 | Инструменты