Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) prezidenti lavozimiga nomzod bo‘ldi. FIE rahbarini saylash 30-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
71 yoshli Usmonov Rossiyadagi 125 milliarder reytingida to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi, uning boyligi 13,4 milliard dollarni tashkil etadi. Usmonov qilichbozlik bo‘yicha sport ustasi bo‘lib, 2008-yildan buyon FIEga rahbarlik qilgan va 2012, 2016, 2021-yillarda qayta saylangan.
2022-yil mart oyida u Yevropa Ittifoqi tomonidan unga qarshi kiritilgan sanksiyalar tufayli o‘z vakolatlarini to‘xtatgandi. Shundan so‘ng, Katsiadakis FIE prezidenti vazifasini bajaruvchi bo‘lgan. 2023 yil may oyida Usmonov unga qarshi Yevropa Ittifoqi sanksiyalari tufayli sudga e’tiroz bildirdi. Yevropa sudi Usmonovning da’vosini rad etdi va YI pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, Usmonov 2001-yildan 2009-yilgacha Rossiya qilichbozlik federatsiyasini boshqargan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103019 | Инструменты