Chililik olimlar Antarktidada ajoyib ihtiro qildilar. Butun qit`ada gulli o`simliklarning atigi ikki hil turi - Antarktik lugovik hamda kolobantus kitoni uchratish mumkin. Ushbu o`simliklarning molekulasini o`rganib, olimlar ular quyoshning ul'tabinafsha nurlaridan himoyalanish hususiyatiga ega, degan hulosaga keldilar.

Gustavo Suniga - olim:
- Biz 10 yildan ortiq vaqt davomida Antarktidada ham, laboratoriyada ham tadqiqotlar olib bordik. Buning natijasida ikkala tur ham ul'trabinafsha nurga yahshi dosh berishini aniqladik. Yuqori darajadagi radiatsiya holatida ham sezilarli shikastlanishni kuzatmadik.
Antarktida ustidagi atmosferada bahor boshlarida o`ziga hos ozon tuynugi paydo bo`ladi. Bu paytda ul'trabinafsha nurlanishi darajasi juda yuqoriga chiqadi. Shunisi ajablanarliki, o`simliklar shunday sharoitda ham himoyalanishga qodir.
Tadqiqotchilarning tahminicha, bunday hususiyatlarni quyoshni ko`tara olmaydigan qishloq ho`jaligi o`simliklariga berish mumkin. Bu ularning hosildorligini oshiradi.
Shuningdek, bunday o`simliklar quyoshdan saqlovchi malhamlarni ishlab chiqarishda kerak bo`ladi. Buning ustiga, tabiiy vositalar unchalik ko`p uchrayvermaydi.
Ayni paytda olimlar ushbu o`simliklar asosida mahsulotlarni ishlab chiqish uchun tijorat hamkorlarni izlamoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51220 | Инструменты