Apple texnologik korporatsiyasi AQSh iqtisodiyotiga kiritiladigan o‘z tarixidagi eng yirik investitsiyani e’lon qildi, deb yozadi Fox Business.
Qayd etilishicha, kompaniya yaqin to‘rt yil ichida ishlab chiqarish, sun’iy intellekt va ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishga 500 milliard dollar yo‘naltiradi.
Apple bayonotiga ko‘ra, investitsiya dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Hyuston yaqinida sun’iy intellektga ega serverlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavod qurilishi; Ilg‘or ishlab chiqarish fondiga ajratiladigan mablag‘larni ikki barobarga oshirish — 5 milliard dollardan 10 milliard dollargacha; Detroytda Apple ishlab chiqarish akademiyasini yaratish; tadqiqot va ixtirolar, chiplar, sun’iy intellekt va dasturiy ta’minot sohasi uchun 20 ming nafar yangi xodimni yollash.
Apple bosh direktori Tim Kukning ta’kidlashicha, kompaniya AQShning innovatsion potensialiga sarmoya kiritmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22513 | Инструменты